1

Yaponiyada Markaziy Osiyo madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma ochildi

Madaniyat 20.12.2019, 09:41
Yaponiyada Markaziy Osiyo madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma ochildi

Yaponiyaning Kioto shahri yaqinidagi Mixo muzeyida "Qadimgi Transoksiana xazinalari" ko`rgazmasi ochildi. Marosimni  Mixo muzeyi menejeri va tadqiqot direktori Inagaki Xadzime kirish so`zi  bilan ochdi.

Tadbirda O`zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi A.Sagdullaev,  O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati a`zosi, Mixo muzeyining maxsus tadqiqotchisi Sergey Laptev, muzey kengashi raisining o`rinbosari Isimaru Syoun va boshqalar so`zga chiqib, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqalarning uzoq tarixi, xalqlarimiz merosi, turmush tarzi, urf-odat va an`analaridagi mushtarak jihatlar, Yaponiyada saqlanayotgan O`zbekiston, umuman Markaziy Osiyoga oid osori atiqalarning ilmiy ahamiyati xususida so`z yuritdilar.

Muzeyga O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati va "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi doirasida 10 jildlik kitob-albomlar  hamda turkumning Yaponiya kolleksiyalaridagi Markaziy Osiyo xazinalariga bag`ishlangan yangi jildi  taqdim etildi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharafiddin Yusupov tomonidan qo`lda ishlangan laganlar ham muzeyga hadya qilindi. Uchrashuv qatnashchilari MIXO muzeyining uchta zalida "O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk Ipak yo`lida" media-ivent  munosabati bilan ochilgan maxsus ekspozisiya bilan tanishdilar. Ko`rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga loyiha va Yaponiyadagi muzeylarda saqlanadigan Markaziy Osiyo ob`ektlari to`g`risida hikoya qiluvchi videofilmlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha  Butunjahon jamiyati delegasiyasi vakillari Kioto Gumanitar tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi. Institut direktorining o`rinbosari, institutning axborot markazi direktori Inaba Minoru O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston hukumatining madaniy merosni o`rganish va ommalashtirishga qaratayotgan e`tiborini yuqori baholadi.

"O`zbekiston hukumati tashabbusi bilan mamlakatingiz madaniyatini o`rganish va asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat O`zbekiston xalqlari, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Inaba Minoru. - O`zbekiston Prezidentining kirish so`zi bilan "Markaziy  Osiyoning madaniy merosi Yaponiya muzeylarida" kitobining chop etilishi mamlakatilarimizo`rtasidagi munosabatlar qanchalik teran va boy tarixga ega ekanini ko`rsatadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan Kunchiqar mamlakatning turli hududlarida bir qator madaniy-ma`rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ko`rgazmalar, taqdimot marosimlari ham o`tkazildi.

Yaponiyaning Kioto shahri yaqinidagi Mixo muzeyida "Qadimgi Transoksiana xazinalari" ko`rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Marosimni  Mixo muzeyi menejeri va tadqiqot direktori Inagaki Xadzime kirish so`zi  bilan ochdi.

Tadbirda O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.Sagdullaev,  O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati a`zosi, Mixo muzeyining maxsus tadqiqotchisi Sergey Laptev, muzey kengashi raisining o`rinbosari Isimaru Syoun va boshqalar so`zga chiqib, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqalarning uzoq tarixi, xalqlarimiz merosi, turmush tarzi, urf-odat va an`analaridagi mushtarak jihatlar, Yaponiyada saqlanayotgan Markaziy Osiyoga oid osori atiqalarning ilmiy ahamiyati xususida so`z yuritdilar.

Muzeyga O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati va "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi doirasida 10 jildlik kitob-albomlar  to`plami hamda turkumning Yaponiya kolleksiyalaridagi Markaziy Osiyo xazinalariga bag`ishlangan yangi jildi  taqdim etildi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharafiddin Yusupov tomonidan qo`lda ishlangan laganlar ham muzeyga hadya qilindi. Ushbu san`at asarlari endi Mixo muzeyining o`zbek ekspozisiyasining ziynatiga  aylanadi.

Uchrashuv qatnashchilari MIHO muzeyining uchta zalida "O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk Ipak yo`lida" media-iventimunosabati bilan ochilgan maxsus ekspozisiya bilan tanishdilar. Ko`rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga loyiha va Yaponiyadagi muzeylarda saqlanadigan Markaziy Osiyo ob`ektlari to`g`risida hikoya qiluvchi videofilmlar namoyish etildi.

Tadbir doirasida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha  Butunjahon jamiyati delegasiyasi vakillari Kioto Gumanitar tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi. Institut direktorining o`rinbosari, institutning Axborot markazi direktori Inaba Minoru O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston hukumatining madaniy merosni o`rganish va ommalashtirishga qaratayotgan e`tiborini yuqori baholadi.

"O`zbekiston hukumati tashabbusi bilan mamlakatingiz madaniyatini o`rganish va asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat O`zbekiston xalqlari, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Inaba Minoru. - O`zbekiston Prezidentining kirish so`zi bilan "Markaziy  Osiyoning madaniy merosi Yaponiya muzeylarida" kitobining chop etilishi mamlakatilarimiz  o`rtasidagi munosabatlar qanchalik teran va boy tarixga ega ekanini ko`rsatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1