Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Denov universitetini tashkil etish to`g`risida” gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida Denov universitetini (keyingi o`rinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik beriladi. Universitet Termiz davlat universiteti Denov filialining barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga asosan, quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- ijtimoiy soha uchun logistika, turizm, agrobiznes, baholash ishi va rieltorlik;
- charm va mo`yna buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasi;
- raqamli iqtisodiyot, geodeziya, kartografiya va kadastr;
- to`qimachilik;
- biznes-analitika;
- dasturlash, biznesni boshqarish va tadbirkorlik;
- korporativ boshqaruv, kichik biznes, bank ishi;
- maktabgacha ta`lim;
- iqtisodiyot sohalari uchun investision loyihalarni moliyalashtirish;
- boshlang`ich ta`lim;
- yoshlar bilan ishlashni tashkil etish;
- yoshlar sosiologiyasi;
- amaliy san`at, dizayn hamda ehtiyoj yuqori bo`lgan boshqa mutaxassisliklar bo`yicha malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta`minlash.
Ma`lumot uchun, universitet faoliyati 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi;
Termiz davlat universiteti Denov filialining talabalari ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Universitetda o`qishini davom ettiradilar;
Universitetga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.