AsosiySiyosat

Kayetana De Zulueta: "Dunyodagi saylovlar bir-biriga o`xshamaydi. Ammo, barcha erda saylov mohiyati bir: har kim o`ziga yoqqan nomzodga ovoz beradi!"

'Kayetana De Zulueta: "Dunyodagi saylovlar bir-biriga o`xshamaydi. Ammo, barcha erda saylov mohiyati bir: har kim o`ziga yoqqan nomzodga ovoz beradi!"'ning rasmi

Toshentdagi 882-saylov uchastkasida o`tgan ovoz berish jarayonlarida Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining (EXHT DIIHR) Saylovni kuzatish missiyasi rahbari Kayetana De Zulueta ham ishtirok etdi. Barcha xorijlik kuzatuvchilar qatori De Zulueta xonim ham O`zbekiston hayotidagi muhim voqeada qatnashish imkoniyatidan mamnun ekanligini aytib, o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi:

–O`zbekistonda o`tayotgan saylovlarda Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Evropa Ittifoqidagi 37 ta davlatidan tashrif buyurgan 222 nafar kuzatuvchilari, 55 nafar EXHT Parlament Assambleyasi va asosiy doimiy kuzatuvchilari, jami 316 ta vakili jarayonni kuzatmoqda. Bu bilan biz O`zbekistonda o`tayotgan siyosiy jarayonlarni ikkinchi marotaba kuzatmoqdamiz. 2016 yilda o`tgan prezident saylovida ham EXHT to`liq jamoa bilan saylovlarni kuzatib borgan edi. Oldingi saylovlarda EXHT delegasiyasi ishtiroki uchun ajratilgan joylar miqdori cheklangandi, bu safar cheklanmagan miqdorda joy ajratildi. 

— O`tayotgan saylov jarayonlarida "minus" tomonlarni ham kuzatdingizmi?

— Ayni damda vakillarimiz O`zbekiston bo`ylab, saylov jarayonlarini kuzatmoqdalar. Umumiy natijalar bilan saylovlar tugagach tanishish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Demak aniq ma`lumotlarni yaqin kunlarda ayta olaman. Shu o`rinda aytishim kerakki, EXHT O`zbekistondagi saylovlarni faqatgina kuzatadi, ularga aralashishga vakolatli emas. Biz ekspert sifatida jarayonni kuzatamiz va natijalar bo`yicha o`z xulosa va tahlillarimizni aytamiz.

— Evropa Ittifoqi davlatlaridagi saylovlarda bizdagiga nisbatan demokratiya kuchlimi?

— Dundagi har bir mamlakat o`ziga xos, shuning uchun ulardagi saylovlar ham bir-biriga o`xshamaydi. Ammo, barcha erda saylov jarayonining mohiyati bir, har kim o`zi tanlagan nomzodga ovoz beradi. Faqat farqi shuki Amerikada saylovlar elektron tarzda amalga oshiriladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida esa xuddi O`zbekistondagi kabi bevosita amalga oshiriladi. O`ylaymanki, kelajakda bu tajriba ham keng ommalashadi.

Boshqa yangiliklar