1

MDH Missiyasi: "Saylovda oilaviy ovoz berishga urinishlar bo`ldi"

Siyosat 23.12.2019, 15:36
Teglar: saylov, xulosa, MDH
MDH Missiyasi: "Saylovda oilaviy ovoz berishga urinishlar bo`ldi"

O`zbekiston parlamenti qonunchilik palatasiga saylovlarga MDH Missiyasiga Sergey Lebedev rahbarlik qilmoqda. Missiya tarkibiga 100 ga yaqin kuzatuvchi kiritilgan. 

Sergey Lebedev bugun 23 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida bo`lib o`tgan brifingdagi bayonotida saylovga tayyorgarlik ko`rishda qonunbuzilishlarga yo`l qo`yilganligi to`g`risida shikoyat va arizalar tushmadi, deya ma`lum qildi. Missiyaning bildirishicha, kuzatuvchilar saylov uchastkalari saylovlar to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari, zarur uslubiy tavsiyalar, qo`llanmalar, axborot materiallari hamda tegishli qurilmalar bilan ta`minlanganligiga ishonch hosil qilgan.

–Nomzodlarning barchasi munosib ekanligini ko`rdik, – dedi Sergey Lebedev. –Ularning ko`pchiligi oliy ma`lumotli, bir qator mas`ul lavozimlarda ishlagan, tajribali, o`z mas`uliyatini yaxshi biladigan shaxslar. O`ylaymizki, saylanish huquqiga ega bo`lgan deputatlar O`zbekistonning kelajagiga, barcha sohalardagi ravnaqiga o`z hissasini qo`shadi. 

Kamchiliklar haqida gapiradigan bo`lsak, ayrim joylarda oilaviy ovoz berishga urinishlar bo`ldi. Ammo bu 20 milliondan ortiq saylovchilar uchun arzimas sanoqli holatlar bo`lib, ular yaxshi tayyorgarlik ko`rgan nazoratchilar tomonidan o`z vaqtida aniqlandi va chora ko`rildi. Yana bir partiya nomzodining qarindoshi mashinasiga targ`ibot varaqalarini yopishtirib saylov kuni shaharda yurgani aniqlangan. Ammo bu ayrim holatlar saylov jarayoniga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi. Ular qonunbuzilishi sifatida shov-shuv qilib ko`tarib chiqishga arzimaydi.

S.Lebedevning ta`kidlashicha Saylov kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlar O`zbekiston fuqarolariga ochiq va demokratik tarzda o`z huquqlaridan foydalanishga imkon berdi.Shu bilan birga u G`arb mamlakatlarida bo`lib o`tgan ko`plab saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etgani, lekin O`zbekistondagidek bayramona o`tgan saylovlarni ko`rmaganligini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1