1

Teatrlar qishki ta`til vaqtida qanday spektakllarni namoyish etadi?

Madaniyat 23.12.2019, 17:21
Teglar: teatr, ta`til
Teatrlar qishki ta`til vaqtida qanday spektakllarni namoyish etadi?

Yangi yil yaqin. Hademay o`quvchilarning qishki ta`tili boshlanadi. Kimdir ota-onasi bilan birga mehmondorchilikka bormoqchi, yana kimdir vaqtini do`stlari davrasida o`tkazish niyatida. Boshqa birov shahar markazida bezatilgan Yangi yil archasini ko`rishga, qorbobo va qorqizning sovg`alaridan bahramand bo`lishga otlanadi.

Shu kunlarda yurtimiz teatrlarida namoyish etilayotgan spektakllar ham yigit-qizlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi, O`zbek Milliy akademik drama teatrida yosh tomoshabinlar e`tiboriga havola etilayotgan “12 oy” nomli spektakl ko`pchilikda qiziqish uyg`otmoqda. Bu sahna asari Samuil Marshakning ertak-dramasi asosida tayyorlangan.

Hududlarda bo`lib o`tadigan spektakklar bo`yicha xs.uz Madaniyat vazirligi ma`lumotlariga asoslanib xabar berdi.  Shuningdek:

Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Sehrli o`rmondagi Yangi yil”, Andijon viloyatidagi yoshlar teatrida “Sahrodagi qor”, Qashqadaryo viloyatidagi musiqali drama teatrida “Qo`ng`iroqli aldoqchi”;

Jizzax viloyati qo`g`irchoq teatrida “Asl qorbobo yoki yo`qotilgan vaqt”, Buxoro viloyati musiqali drama teatrida “Qorqizning o`g`irlanishi”, Samarqand viloyati qo`g`irchoq teatrida “Qorbobo Marsga boradi”;

Farg`ona viloyati rus drama teatrida “Novogodnee predstavlenie” nomli asarlar yosh tomoshabinlarga taqdim etilyapti.

Bunday spektakllar 10 yanvarga qadar o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1