1

Armiya “QVZ” chilari O`zbekiston chempioni bo`ldi

Madaniyat 23.12.2019, 20:03
Armiya “QVZ” chilari O`zbekiston chempioni bo`ldi

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Oliy liga “QVZ” o`yinlarining final uchrashuvi bo`lib o`tdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.

Finalga uch jamoa etib bordi – Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi, “18+” va “Beats”.

Dastlabki “Tanishtiruv” shartini “18+” jamoasi boshlab berdi. Hayotiy hazillar, do`stona yumor final o`yinlarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning o`ziga xos yutug`i bo`ldi. Dangasaligi bilan tanilgan “Beats” jamoasi esa mamlakatda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni kulgili tarzda omma e`tiboriga havola etdi.

“QVZ” tarixida hali sahnaga 50 nafar qorbobo chiqqan emas edi. Armiya “QVZ”chilari birinchi shartga tantanavor tayyorgarlik ko`rib, harbiy libosni ko`ylak va smokingga almashtirib chiqdi. Biroq oyoqdagi etiklar o`zgarishsiz qolgan.

Birinchi shart bo`yicha maksimal ball “Yirik kalibr” jamoasiga nasib etgan bo`lsa, “Beats” va “18+” tegishli ravishda keyingi o`rinlarni egalladi.
Jamoalar O`zbekiston “QVZ” chempioni bo`lish uchun “musiqiy uyga vazifa”, “sardorlar bellashuvi”, “videotanlov” shartlari bo`yicha o`zaro kurashdi.

Rang-barang chiqishlar, o`ziga xoslik va engil hazm bo`luvchi hazillar bilan Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi barchaning diqqat markazida bo`ldi.

Barcha shartlar yakuniga ko`ra, armiya hazilkashlari 19,3 ball bilan 2019yil chempioniga aylandi. “Beats” jamoasi 18,7 ball bilan ikkinchi pog`onani egallagan bo`lsa, “18+” jamoasi 15,7 ball bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1