1

Saylovdagi ikki holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Siyosat 23.12.2019, 20:42
Saylovdagi ikki holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

O`zbekiston prokuratura organlariga saylovi kuni — 22 dekabrda saylovchilar va nomzodlardan 44 ta murojaat kelib tushgan; eng ko`p murojaat Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan — 9 tadan. Bu haqda 23 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo`lib o`tgan brifingda bosh prokurori Nig`matilla Yo`ldoshev ma`lum qildi.

Vajlarning 43 tasida mahalliy Kengashlarga o`tkazilgan saylovlarga bog`liq masalalar bayon etilgan. Shikoyatlarning 16 tasi yoki 36 foizi saylov kampaniyasi davomida fuqarolarga saylovga taklifnomalar va ovoz berish uchun byulletenlar berilmagani bilan bog`liq. Bunday murojaatlar tezkor o`rganib chiqilgan. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Nig`matilla Yo`ldoshev, bosh prokuror

Sherzod Nigmatov va partiyaning tuman Kengashi raisi Mahkamov O`zLiDeP a`zosi Bobur Holmatov, «Adolat» partiyasi a`zosi Hulkar Yunusova hamda 2017 yildan beri AQShda yashab kelayotgan fuqaro Sanobar Azimovaning nomzodlarini ularning roziligisiz va xabarisiz Ekologiya partiyasidan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko`rsatib, saylov hujjatlariga soxta ma`lumotlar kiritgan.

Ikkinchi holat — 22 dekabr kuni soat 22:00 larda Telegram’da Sergeli tumanidagi 17-sonli uchastka saylov komissiyasida to`qqiz dona saylov byulleteni bir kishi tomonidan imzolanib, soxtalashtirilganligi haqida video tarqaldi. O`rganish jarayonida tumandagi 426-sonli saylov uchastkasida ovozlarni sanoqdan o`tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoniga nomzodlarning ishonchli vakillari va kuzatuvchilari qo`yilmay, jarayon alohida xonada amalga oshirilganligi oydinlashdi.

Bosh prokurorning qo`shimcha qilishicha, mazkur holatlar yuzasidan 23 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 146-moddasi (saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o`tkazish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlariga kirishildi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1