1

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertiga munosabat bildirdi

Madaniyat 24.12.2019, 16:02
Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorovning konsertiga munosabat bildirdi

Joriy yilning 18 dekabr kuni “Humo Arena” muz saroyida Filipp Kirkorovning katta shou konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturida ko`plab jozibali ko`shiqlar va raqslar ijro etildi.

So`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib borayotgan konsert dasturida ijro etilgan raqslardagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga e`tirozlar kuchaydi. Madaniyat vazirligi qaerga qarayapti?, Madaniyat vazirligi bunga qanday ruhsat berdi? -degan gaplar tarqaldi.

Madaniyat vazirligi bunga qo`yidagi izohlarni beradi:

Madaniyat vazirligi tizimidagi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo`shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e`tiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san`atkorlarga dasturda kiyinish madaniyati to`g`risidagi tushunchani ham berib o`tishlari lozim, deb o`ylaymiz;

ushbu konsertdan hulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz, endilikda ushbu jarayonlarning takror bo`lmasligini oldini oladi degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e`tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma`naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1