1

Yilning eng yaxshilari tantanali taqdirlandi

Sport 26.12.2019, 19:30
Yilning eng yaxshilari tantanali taqdirlandi

Bugun, 26 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Navro`z” tantanalar saroyida yil joriy yil yakunlariga bag`ishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi tomonidan tashkil qilinayotgan mazkur tadbirda yil davomida sportimiz rivoji yo`lida mehnat qilgan eng yaxshi atlet va trener, federasiya, hakam, sport mutasaddilari, jurnalist va mas`ul tashkilotlar 20 ga yaqin nominasiya bo`yicha taqdirlanishadi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi - Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi tan olindi.

Shuningdek:

Yilning eng yaxshi federasiyasi - O`zbekiston Paralimpiya Milliy assosiasiyasi;

Sport sohasini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun - "Qizilqum-sement” AJ;

Yil kashfiyoti - O`zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi;

Yilning eng yaxshi sport loyihasi - “Xumo-Arena” ko`ptarmoqli muz saroyi;

Eng faol sport targ`ibotchisi - Hilola Isakova “MY5” telekanali muhbiri;

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti - Zohid Karimov “Sport” TV;

Yilning eng yaxshi sport shifokori - Sunnatilla Yulchiev – RSTIAM sport tibbiyoti bo`lim boshlig`i, travmatolog;

Xalqaro maydonlarda o`zbek sportini targ`ib qilgani uchun - Eldor Shomurodov;

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi - Timur Giyazov;

Yilning eng yaxshi murabbiyi Rustam Mirzadiyarov – baydarka va kanoe bo`yicha o`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi;

Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi - Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi;

Yilning eng yaxshi hakami - Tohir Gulyamov – sport kurashlari bo`yicha xalqaro toifadagi hakam

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi - Dilnoza Rahmatova;

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi - Bahodir Jalolov 

Sport sohasidagi ko`p yillik xizmati uchun - Oksana Chusovitina tan olindi.

Barcha taqdirlanganlarni samimiy tabriklaymiz!

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1