1

“Milliy tiklanish” raisi sobiq va amaldagi xalq ta`limi vazirini nimada ayblamoqchi?

Jamiyat 27.12.2019, 12:49
“Milliy tiklanish” raisi sobiq va amaldagi xalq ta`limi vazirini nimada ayblamoqchi?

Bugun saylovning dastlabki natijalari bo`yicha xulosalarga bag`ishlab Xalqaro press klubning navbatdagi ko`rsatuvi suratga olinishi jarayonida boshlovchi G`ulom Samadov yurtimizdagi ko`plab maktablarda oshxona, sport zallar yo`qligi masalasini ko`tardi.

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov esa maktablarda sport zallari va oshxonalar yo`qligida sobiq Xalq ta`limi vaziri va amaldagi vazirni ayblashga urindi.

Bunga javoban Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug`bek Inoyatov maktablarda oshxona va sport zallar qurilishi maktab direktorlari, o`qituvchilarning bevosita zimmasidagi vazifa emasligi, buning uchun avvalo davlat byudjetidan mablag` ajratilishi kerakligi, maktab direktorlari va o`qituvchilar asosan farzandlarimizning ta`lim-tarbiyasiga mas`ul ekani, ularga xo`jalik xodimi sifatida qarash, aybdor qilish mutlaqo noto`g`riligini ta`kidladi.

Lekin Xalqaro press klub boshlovchisi Xalq ta`limi vazirligini “Milliy tiklanish” partiyasi tasarrufiga olishi kerakligi haqida asoslanmagan fikr bildirdi.

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, Xalqaro press klub prodyuseri G`ulom Samadov jurnalistikaning xolislik tamoyiliga amal qilmagani, arzon tortishuvlar yuzaga keltirish orqali nom chiqarishga ishqibozligi yana bir bor sezilib qoldi.

“Adolat” SDP rahbari Narimon Umarov ham boshlovchi jarayonni adolat bilan boshqarmaganini alohida ta`kidladi.

Eslash joiz, Xalqaro press klub prodyuseri G`ulom Samadovning noxolisligi birinchi marta kuzatilayotgan holat emas. Kuni-kecha saylovning dastlabki natijalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot anjumani o`tkazayotgan paytda byulletenlarni sanash jarayonidagi adolatsizlik va qonunbuzilishlar haqida savol bergan nomzod va blogerga G`.Samadov o`zicha dakki bermoqchi bo`lgani ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo`ldi.

Umuman, G`.Samadovning xolisligi, professionalligi ancha shubhali masala, deb o`ylaymiz. Chunki, u jonli efir vaqtida bir necha bor siyosiy partiyalarni obro`sizlantirmoqchi, tomoshabinlarni chalg`itmoqchi bo`lgan holatlar kuzatilgan va unga efir vaqtida e`tiroz bildirishga ham to`g`ri kelgan. Aftidan, ushbu kimsa o`sha vaziyatlardan alamzada bo`lgan ko`rinadi.

Xalq demokratik partiyasi xolis va dangal OAV xodimlari hamda blogerlar faoliyatini yuksak qadrlaydi, ular bilan doim ochiq va xolis muloqotga tayyorligini bildiradi, deyiladi Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi Axborot xizmati rasmiy xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1