AsosiyJamiyat

Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

'Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?'ning rasmi

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.

Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan kutib olavermaydi.

 Statistik ma`lumotlarga ko`ra so`nggi 50 yil ichida Toshkentda 31 dekabr va 1 yanvarda o`rtacha yog`ingarchilik har 3-5 yilda 1 marotaba kuzatilgan, lekin ko`p hollarda yomg`ir ko`rinishida bo`lgan.

 Bu O`rta Osiyo iqlimining o`ziga hosligidir. So`nggi yillarda, dunyo bo`ylab global isish tendensiyasi kuzatilishi sababli, iliq qishlar soni ko`paymoqda va shu bilan qishda qor ko`rinishidagi yog`ingarchiliklar kamaymoqda.

 Shunday yillar ham bo`ladiki qor eski yilning oxirgi kunlari yog`ib yanvar oyining boshlarigacha saqlanib turadi. Lekin bizda so`nggi 5 yil ichida Yangi yil bayramlarida quruq ob-havo kuzatilmoqda.

 Bu yil ham Yangi yilni biz qorsiz kutib olamiz, deya ma`lumot bermoqda O`zgidromet. 

Xususan 26-28 dekabr kunduzi harorat 14-17 darajagacha ko`tariladi. Bu me`yordan 8-10 daraja yuqori. Dekabr oyining so`nggi kunlarida havo harorati me`yoriy chegarada bo`lib: kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi. 29-31 yanvarda O`zbekistonning ba`zi hudularida yomg`ir yog`adi. Faqat respublikaning tog`li tumanlarida  qor yog`ishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar