1

TIV Sergey Lavrovning O`zbekistonga tashrifi to`g`risida rasmiy ma`lumot berdi

Siyosat 28.12.2019, 11:10
TIV Sergey Lavrovning O`zbekistonga tashrifi to`g`risida rasmiy ma`lumot berdi

Avvalroq 2020 yilning 12—13 yanvar kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga kelishi haqida xabar berilgandi. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sergey Lavrovning tashrifi to`g`risida rasmiy ma`lumot berdi.

Rossiya TIV rahbari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashrif dasturida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (universitet) Toshkent shahridagi filialiga borish ko`zda tutilgan.

Bo`lajak muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning qator masalalari muhokama qilinadi. Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2020—2021 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturini imzolash ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning may oyida Shavkat Mirziyoev Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi mintaqaviy hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-majlisida qatnashish doirasida O`zbekistonda amaliy tashrif bilan kelgan Sergey Lavrovni qabul qilgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1