Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov FinancialTimes gazetasiga ingtervyu berdi. Suhbat davomida milliarder o`z aktivlarini kimga qoldirishi haqida gapirdi.
“Hayot abadiy emas. Menga ko`p insonlar yordam berishgan. Shu sababdan men oilam va menejerlarimga o`z ulushlarini berib, yordam bermoqchiman”, – dedi Usmonov.
“50 foizini oilamga, qolgan 50 foizini menejerlarga beraman. Menimcha ular bunga munosib. Hozirda kim yuqori lavozimda bo`lsa hammasi o`zlarining ulushini oladi. Bu mening xarakterim. Agar taqdir nimadir bergan bo`lsa, uni ulashish kerak”, – deya o`z rejalari haqida gapirdi milliarder.
Usmonov Forbes’ga bergan intervyusida ham o`z aktivlarini farzandlariga emas, balki kompaniya menejmentiga berishini aytgan.
04.01.2020 08:58
Alisher Usmonovning boyligi kimga meros qilib qoldirilishi ma`lum bo`ldi






