Tasnim axborot agentligining xabar berishicha, Eron harbiy qo`mondon Qosim Sulaymonining o`limi uchun qasos olish yo`lida Amerikaliklarni qo`li etgan har qanday erda jazolaydi.
Janubdagi Kerman viloyatidagi gvardiya qo`mondoni general Golamali Abuhamza Fors ko`rfazidagi AQSh kemalariga qarshi ehtimoliy hujumlar haqida gapirdi.
«Hormuz bo`g`ozi G`arb uchun juda muhim ahamiyatga ega va ko`plab Amerika qiruvchi va harbiy kemalari u erdan o`tishadi. Eron mintaqadagi Amerika uchun muhim joylarni anchadan beri aniqlab keladi.AQShning 35 ga yaqin manzili va Tel-Aviv bizning nazoratimizda», deydi Abuhamza.






