AsosiyDunyo

Ramzan Qodirov: "AQSh harakatlari Yaqin Sharqda kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin"

'Ramzan Qodirov: "AQSh harakatlari Yaqin Sharqda kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin"'ning rasmi

Checheniston rahbari Amerikaning Iroqdagi zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus bo`linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy o`ldirilishi yuzasidan munosabat bildirdi.

“AQSh xatti-harakatlari Yaqin Sharqda kutib bo`lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu hech kimni befarq  qoldira olmaydi”, - deb yozadi Qodirov o`zining telegram kanalida.

Eronning “Quds” maxsus bo`linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy AQShning Bag`dod xalqaro aeroporti hududidagi aviazarbasi oqibatida payshanbadan jumaga o`tar kechasi o`ldirildi. Sulaymoniyni o`ldirish to`g`risidagi farmonni shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bergan.

Eron oliy etakchisi Ali Xomanaiy general Sulaymoniy o`limi uchun AQShdan qasos olishga va`da berdi. Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif general o`limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi. Sulaymoniyning davom ettiruvchisi Ismoil Qa`aniy esa Yaqin Sharq hududida AQSh fuqarolarini o`ldirishga va`da berdi.

Sulaymoniyning o`ldirilishi Bag`dod, Damashq va Anqarada ham qoralandi.

Eslatib o`tamiz, bu voqeaga Eronning Tasnim axborot agentligi ham munosabat bildirgan edi.

Boshqa yangiliklar