AsosiyDunyo

Sudandagi aviahalokatda 18 kishi halok bo`ldi

'Sudandagi aviahalokatda 18 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Aytilishicha harbiy samolyot havoga ko`tarilganidan 5 daqiqa o`tib halokatga uchragan. Ma`lum bo`lishicha halok bo`lganlar orasida 4 nafar yosh bola ham bo`lgan, deb xabar berdi rbs.ru.

Sudanning g`arbida halokatga uchragan bu samolyot G`arbiy Darfur harbiy bazasidan havoga ko`tarilgan edi. Sudan harbiy kuchlari rasmiylari izoh berishicha mazkur samolyot harbiy mahsulotlarni tashish bilan shug`ullangan. 

G`arbiy Darfur aeroportidan ko`kka uchgan havo kemasida jami 18 nafar odam bo`lgan. Ulardan 7 nafari ekipaj a`zolari bo`lgan harbiylar, uch nafar sudya, shuningdek 8 nafar fuqaro bo`lgani tasdiqlandi. Xabarda ma`lum qilinishicha fuqarolarning voyaga etmagan 4 nafar farzandi ham bo`lgan.  Samolyotning barcha passajirlari halok bo`lgani aytilmoqda.
 

Boshqa yangiliklar