2020 yil 1 yanvar sanasidan boshlab Rossiya Markaziy banki tezkor pul o`tkazish tizimidan foydalanganlik uchun banklardan komissiya ola boshlaydi, deb xabar qilmoqda RT TASSga tayangan holda.
"Rossiya banki pul jo`natmasi summasiga qarab o`tkazuvchi-bank hamda qabul qiluvchi-bankdan 5 tiyindan 3 rublga qadar komissiya oladi", - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, endilikda Markaziy Bank kredit tashkilotlari mijozlardan oladigan komissiya miqdorini cheklash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, tezkor pul jo`natmalari tizimi o`tgan yil yanvar oyi oxirida yo`lga qo`yilgan bo`lib, bugungi kunda uning ishtirokchilari soni 30dan oshgan. Ushbu tizim yordamida odamlar (pul yuboruvchi va oluvchining hisob raqami qaysi bankda ochilganligidan qat`i nazar) bir-birlariga telefon raqami orqali pul o`tkazish, tovarlar va xizmatlar uchun QR-kod orqali to`lovni amalga oshirish imkoniga ega bo`ladilar.
Tezkor pul jo`natmalari tizimi hisob kliring markazi, to`lov kartalari milliy tizimi taqdim etgan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tizimdan foydalanuvchilar soni 1,3 milliondan oshib ketgan, u ishga tushirilgan vaqtdan boshlab esa jami 48 milliard rubldan ortiq summaga 5,5 milliondan ko`p operasiyalar amalga oshirilgan.






