Afg`oniston rasmiylarining 4 yanvar juma kuni bergan xabarlariga ko`ra, yaqin kunlarda yoqqan yomg`ir va qor mamlakatdagi urushlarni to`xtashiga sabab bo`ldi, deya xabar berilmoqda arabnews.com’ga tayanib.
Chorshanba kuni mamlakatda birinchi bor qor yog`ganidan beri bironta ham yirik hujum haqida xabar berilmadi, deydi Mudofaa vazirligining Kobuldagi vakili Favad Aman.
Uning so`zlariga ko`ra, payshanba oqshomida Balxda amalga oshirilgan havo hujumida birgina Tolibon qo`mondoni halok bo`lgan xolos. AQSh boshchiligidagi koalisiya ham so`nggi 50 soat ichida biron bir hujum uyushtirilgani haqida xabar bermagan.
«So`nggi paytlardagi notinchliklardan farqli o`laroq,qor yog`a boshlaganidan beri ikkala tomondan ham janglar va qurbonlar haqidagi birorta xabarlarga deyarli duch kelmaysiz. Aftidan,qor va yomg`ir tufayli mamlakatning katta qismida o`t ochish tabiiy ravishda to`xtab turibdi» dedi siyosatshunos Taj Muhammad.
Aholi ham mamlakatda qor yog`ganidan xursand.
«Qor haqiqatdan ham Xudoning marhamati. Chunki biz Kobulda toza havo bilan nafas olyapmiz. Yana qor yog`adi deb umid qilaman», dedi o`z ismini Matiulloh deb atagan Kobuldagi do`kondor.






