1

250 mingga yaqin Suriyalik qochoqlar Turkiyaga kirishmoqchi

Dunyo 06.01.2020, 11:45
250 mingga yaqin Suriyalik qochoqlar Turkiyaga kirishmoqchi

2-yanvarda Prezident Tayyip Erdog`an Suriyaning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan Idlib viloyatidan Turkiyaga qarab 250 mingga yaqin muhojir qochib kelayotganini ma`lum qildi. Erdo`g`anning aytishicha, Turkiya hukumati ularning chegaralarni kesib o`tishiga yo`l qo`ymaslikka harakat qilmoqda.

“Hozirda 200 mingdan 250 minggacha bo`lgan muhojirlar bizning chegaralarimizga qarab kelmoqdalar. Biz ularni to`xtatishga harakat qilmoqdamiz,  ammo bu oson emas.  Bu ish qiyin, chunki qochoqlar ham bizga o`xshagan odamlardir»dedi Erdog`an Anqaradagi konferensiyada.

Ma`lumot o`rnida, hozirgi kunda Turkiyada 3,7 million nafar suriyalik istiqomat qiladi va bu dunyodagi qochoqlar soni bo`yicha eng katta ko`rsatkichdir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1