1

Dunyodagi eng keksa odam rekordini yaponiyalik ayol yangiladi. U nechi yoshda?

Dunyo 06.01.2020, 13:34
Dunyodagi eng keksa odam rekordini yaponiyalik ayol yangiladi. U nechi yoshda?

Yaponiyaning janubidagi Fukuokadagi qariyalar uyida tug`ilgan kunini nishonlagan Kane Tanaka, o`zining 117 yoshini qarshi oldi va dunyoning eng keksa odami sifatida  rekordni yangiladi, deya xabar berildi reuters.comga tayanib.

Tanaka o`z tug`ilgan kunini qariyalar uyidagi xodimlar va do`stlar bilan birga  nishonladi va Tanakaning tug`ilgan kuni uchun maxsus tayyorlandi.

Tanakaning rekord yoshi Yaponiyaning tez qarib borayotgan aholisining ramzi bo`lib, tug`ilish darajasi pasayishi bilan birga ishchi kuchi etishmasligi va kelajakda iqtisodiy o`sish haqida xavotirlarni kuchaytiradi.

Yaponiyaning sog`likni saqlash  vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, hukumat 1899 yilda ma`lumotlarni yig`ishni boshlaganidan beri, Yaponiyada birinchi marta tug`ilgan chaqaloqlar soni o`tgan yilga nisbatan 5,9% ga kamayib, jami 900 mingga yaqinlashgan.

Tanaka 1903 yilda  tug`ilib, 1922 yilda Xide Tanaka bilan turmush qurgan. Bu juftning to`rt farzandi bor va beshinchi farzandini asrab olishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1