Iroq parlamenti, AQSh va boshqa xorijiy qo`shinlarni mamlakatni tark etishga chaqirmoqda, Iroq parlamenti chet el qo`shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqiruvchi rezolyusiyani ham ma`qulladi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo, agar Eron yoki uning ishonchli vakillari tomonidan AQSh manfaatlariga qarshi hujumlar sodir etilsa, Vashington «ham qarab turmasligini» ma`lum qildi.
Ma`lumki, general Sulaymoniy juma kuni AQShning Bag`dod aeroportida dron hujumi oqibatida o`ldirilgan edi. Mazkur hodisa esa, ko`plab nizolarga sabab bo`lyapti.






