Xitoyning Uxan shahrida noma`lum pnevmoniya kasalligiga chalinganlarning soni 59 nafarga etdi. Ulardan etti kishining ahvoli og`ir, deyiladi mahalliy sog`liqni saqlash ishlari bo`yicha qo`mita ma`lumotida.
Aytish joizki, shaharda dekabrning oxirida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan pnevmoniya kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan.
3 yanvar holatiga ko`ra, bu kasallikka chalinganlar 44 kishiga etgani aytilgan. Bemorlar bilan munosabatda bo`lgan 121 kishi shifokorlar nazoratida. Hozircha kasallikning odamdan odamga qay tariqa yuqishi aniqlanmagan.