AsosiyJinoyat

Oyoq kiyimlari ichida 40 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga urinish holati fosh bo`ldi

'Oyoq kiyimlari ichida 40 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga urinish holati fosh bo`ldi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali qo`shni mamlakatga piyoda holda chiqib ketayotgan fuqaro D.K.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, uning oyoq kiyimlarining har bir poyida 20 000 AQSh dollaridan – jami bir juft oyoq kiyimda 40 000 AQSh dollari  ustamonlik bilan yashirilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar