Bugun Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida G.Karimova va boshqalarga oid jinoyat ishi bo`yicha sud majlisi boshlandi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov Bosh prokuratura tomonidan jinoiy uyushma tarkibida tovlamachilik, byudjet mablag`larini talon-toroj qilish va chet el davlatlarda jinoiy daromadlarini legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etgan G.Karimova va boshqalarga nisbatan bo`lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlangani va jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqishlik uchun ayblov xulosa bilan sudga yuborildi haqida xabar bergandi.






