AsosiyJinoyat

Qo`qonda o`ldirib ketilgan er-xotin haqida rasmiy ma`lumot berildi

'Qo`qonda o`ldirib ketilgan er-xotin haqida rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Sal avval, Qo`qonda er-xotin o`ldirilib, bollarining og`zi skotchlab ketilgani haqida xabar bergan edik. Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining “darakchi.uz”ga ma`lum qilishicha, voqea 6 yanvar kuni soat 10:20 larda sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha, Qo`qon shahar Jasorat ko`chasida yashovchi 1978 yilda tug`ilgan F.X va uning rafiqasi 1978 yilda tug`ilgan S.Yu.ning murdalari o`zlarining yashash xonadoni yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda fosh etish chorasi ko`rilmoqda.

Tez orada voqea bo`yicha aniq ma`lumotlar taqdim etiladi. 

    Boshqa yangiliklar