AsosiyJinoyat

Qalbaki ma`lumotnomalar bilan kredit olgan firibgar va zo`ravon qamaldi

'Qalbaki ma`lumotnomalar bilan kredit olgan firibgar va zo`ravon qamaldi'ning rasmi

2019 yil dekabr oyining 24 kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi binosidagi ochiq sudda sudlanuvchi Sh.Ishmatov (ism familyalar o`zgartirilgan), A.Ravshanovga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqildi. 

Sudlanuvchi Sh.Ishmatov 2019 yil 13 iyun kuni “Rinal” MChJ rahbariga tegishli bo`lgan 25.000.000 so`mlik 50 juft havozalarni qurilish ishlarida foydalanish uchun bir oy muddatga, har birini 2000 so`mdan ijara haqini to`lash va`dasi bilan oladi. Ularni 8.000.000 so`mga sotib, pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, Sh.Ishmatov A.Ravshanov bilan birgalikda 2019 yil 16 iyun kuni, soat 16:00larda A.Isomovdan 35.000.000 so`mlik 70 dona havozalarni qurilish ishlarida foydalanish uchun har bir kuniga 175.000 so`mdan ijara haqqi to`lashni va`da qilib oladi. Ularni 14.000.000 so`mga sotib, pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Bu firibgarliklari ham kamlik qilganidek, Sh.Ishmatov 2019 yil 14 oktyabr kuni, soat 14:30larda mast holda Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi turmush o`rtog`i bilan janjallashib, oshxona pichog`i bilan uning o`ng oyoq tizza sohasiga tan jarohati etkazib, qo`llari va oyoqlari bilan uni urib tan jarohatlari etkazgan.

Sh.Ishmatov 2019 yil 18 iyul kuni, dastlabki tergov davrida Toshkent shahar, Sergeli tumanida joylashgan “Toshshaharnur” DUKda ishlamasada, ushbu korxonada ishlashi to`g`risidagi ma`lumotnomani va bir yillik daromadi to`g`risidagi qalbaki ma`lumotlarni taqdim etadi.

Bundan tashqari, Sh.Ishmatov 2019 yil 19 iyul kuni, “SavdogarBank” ATB Shayxontohur filialidan kredit evaziga maishiy texnika vositalarini olish maqsadiga “Toshshaharnur” DUKda ishlashi hamda bir yillik daromadi to`g`risidagi qalbaki ma`lumotnomani taqdim qiladi. Bank bilan 3 yil muddatga yillik 32% ustama haq to`lash sharti bilan 20.000.000 so`mlik maishiy texnikalarni sotib olish uchun kredit shartnomasini rasmiylashtirgan. Ajratilgan kredit pul mablag`larini “Easymarket Group” MChJ hisob raqamiga o`tkazib, jamiyatdan jami 20.000.000 so`mlik maishiy texnika vositalarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan va maishiy texnika vositalarini sotib yuborib, pullarni o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Suddda sudlannuvchilar Sh.Ishmatov va A.Ravshanov ayblariga to`liq iqror bo`ldi. 

O`zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi tartibida Sh.Ishmatovga bir necha hukm yuzasidan, jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudining 05.10.2012 yildagi hukmiga ko`ra, tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`l bilan, uzil-kesil o`tashi uchun 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Ravshanovga esa O`zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi berildi.

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga moddiy zarar undirib beriladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar