Kecha, 8 yanvar kuni Qoraqalpog`iston Respublikasida mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kecha, soat 12:00 larda Amudaryo tumani Qipchoq ovulida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan S.D.ga tegishli xonadonning yotoqxonasidan uning rafiqasi, 1995 yilda tug`ilgan F.Sh. yuzining jag` va bo`yin sohasida tan jarohatlari bo`lgan holda va voyaga etmagan, 2017 yilda tug`ilgan qizi A.S.ning bo`g`ishga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari topildi.
Omborxonadan esa xonadon egasi S.D.ning o`z joniga qasd qilib, o`zini-o`zi osib, vafot etgan holdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda tergov xarakatlari olib borilmokda.






