1

Shahzoda Harri va Megan o`z maqomlaridan voz kechishmoqda

Dunyo 09.01.2020, 16:16
Teglar: shahzoda, saroy
Shahzoda Harri va Megan o`z maqomlaridan voz kechishmoqda

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning nabirasi, shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasining yuqori martabali a`zolari maqomi va u bilan bog`liq imtiyozlardan voz kechishini e`lon qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan qirollik oilasi bilan bog`liq asosiy vazifalardan xalos bo`lish va moliyaviy mustaqillikka intilishmoqda. Bu haqda Sasseks gersogi va gersoginyasining instagramdagi sahifasida e`lon qilingan.

Juftlik «monarxiya institutidagi yangi progressiv rol» yaratish, shuningdek, navbati bilan Buyuk Britaniya va AQShda yashashini va moliyaviy mustaqillikka erishish niyatida ekanligini aytgan.

Ular qirolicha Elizaveta II ni «har tomonlama qo`llab-quvvatlash»da davom etishni rejalashtirishgan.

Harri va Meganning so`zlariga ko`ra, qaror bir necha oylik tahlil va muhokamalardan so`ng qabul qilingan. 

Sentyabr oyida ular doimiy diqqat markazida bo`lish qanchalik qiyinligini aytishgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1