Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo viloyat IIB YHXB YPX inspektori B.X. fuqaro P.J.ning avtomashinasini jarima maydonchasiga qo`ymaslik, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarima tayinlamaslik evaziga 1 mln. so`mni ta`magirlik yo`li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda "Darakchi.uz" ga O`zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






