AsosiyJinoyat

Tadbirkordan 500 AQSh dollar "ulush" olayotgan Yangiyo`l tuman tibbiyot birlashmasi hisobchilari qo`lga tushdi

'Tadbirkordan 500 AQSh dollar "ulush" olayotgan Yangiyo`l tuman tibbiyot birlashmasi hisobchilari qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoyasini ta`minlash yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Yangiyo`l tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi F.A. va hisobchisi F.Ch.lar “F.I.-S” XK tomonidan tibbiyot birlashmasi binosida amalga oshirilgan montaj ishlari bo`yicha nazorat o`lchovini o`tkazmaslik hamda ushbu montaj ishlari uchun o`tkazib berilgan pul mablag`lari evaziga “ulush” sifatida korxona rahbari F.M.dan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bu haqda "Darakchi.uz" ga O`zbekiston respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi F.A. va hisobchisi F.Ch.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar