“Ekolog.uz” kanalining ma`lumot berishicha, Buyuk Britaniya Parlamenti 2020 yilning yanvar oyidan sirklarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni taqiqlagan.
Ilk taqiq 2006 yilda qabul qilingan hayvonlarning farovonligi to`g`risida Aktga doir va`da qilingan edi. 2010 yilda o`tkazilgan so`rovnoma natijasida 94,5 foiz respondentlar taqiqni qo`llab-quvvatlagan.
Butun dunyo bo`ylab sirklarda hayvonlar ochlik, tanasiga ozor berish bilan o`rgatiladi. Ular yarim och holda, iflos, tor kataklarda saqlangan. Agarda hayvon o`rgatuvchilar aytganini qilishmasa, ayovsiz kaltaklangan.
Shu munosabat bilan Shotlandiya, Italiya, Nyu-York va Hindiston sirklarda hayvonlardan foydalanishni taqiqlashdi va bunga qarshi kurashishmoqda.
Buyuk Britaniyaning 2 ta rasmiy sirkida hozirda 19 ta hayvon qolgan. ADI tashkiloti bu hayvonlarni qo`riqxonalarga joylashtirishda yordam berishini taklif qilmoqda.
10.01.2020 12:19
Buyuk Britaniya sirklarida endi yovvoyi hayvonlar bo`lmaydi






