1

Qishda immunitetni ko`tarishga yordam beruvchi ichimliklar

Salomatlik 12.01.2020, 11:03
Teglar: qish, immunitet, ichimlik
Qishda immunitetni ko`tarishga yordam beruvchi ichimliklar

Ko`pchiligimiz qish va kuz mavsumida shamollab qolsak, isitmani tushirish, immunitetni ko`tarish maqsadida darrov dori ichishga harakat qilamiz. Biroq bunday paytda tabiiy ichimliklar doridan ko`ra samaraliroq ta`sir qiladi. Xo`sh qanday ichimlklarni ichish sovuq ob-havoda salomatlikni asrashga yordam beradi?

Ko`k choy

Amerikalik kimyogarlar jamiyati o`tkazgan tajriba ko`k choy tarkibidagi ayrim moddalar organizmda viruslar rivojlanishining oldini olishini, lyutein, zeaksantin hamda C, E darmorndorilari ko`z kasalliklarini samarali davolashi, kofein esa terini qarishdan asrashini ko`rsatdi. Qadimgi Sharq hakimlari ham buni bir necha yuz yillar avval qo`lyozmalarida qayd etishgan.

Qizilcha sharbati

Qizilcha sharbati C darmondorisi hamda flavonoid – metabolitlar manbai bo`lib, bu moddalar yallig`lanishga qarshi yaxshi kurashchilar hisoblanadi. Vorchester politexnika instituti olimlarining tadqiqotlari bu sharbat, hatto antibiotiklar bilan ham davolash qiyin bo`lgan tillarang stofilakokkning rivojlanishiga halaqit berar ekan.  

Limon sharbati  

Limon sharbatining o`zini icha olmaydiganlar unga ozgina shakar, suv aralashtirishlari mumkin. Uning tarkibida terini zamburug` va ekzemalardan saqlovchi, organizmda immunitetni ko`tarishga xizmat qiluvchi ishqor va kislotalar darajasini me`yorlashtiruvchi moddalar mavjud.  

Lavlagi sharbati  

Lavlagi sharbati qon bosimini tushirishga, jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi. Agar u olma yoki sabzi sharbati bilan aralashtirilsa, foydaliligi yanada oshadi.  

Kivi sharbati  

Kividagi A, C, E darmondorilari immunitetni oshirish bilan birgalikda organizmni kletchatka va kaliy bilan ta`minlaydi.  

Brokkoli sharbati

Brokkoli karami beta-karotin, kalsiy, kaliy hamda B1 va C darmondorilariga boyligidan tashqari oqsilning ham makoni. U tanada osteoartrit paydo bo`lishining oldini oladi. Illinoys universiteti olimlarining tavsiyasiga ko`ra brokkoli suvi pomidor sharbati bilan aralashtirib ichilsa, prostata saratonining oldini ham olar ekan.  

Sabzi sharbati  

Olimlar sabzining ko`z uchun juda ham foydali mahsulot ekanligini bir ovozdan ma`qullashadi. Undagi oqsil, uglevod, yog`, beta-karotin, C, B1 va B2 darmondorilari, temir, natriy va fosfor immunitetni kuchaytirish bilan birgalikda jigar va ichakni ham turli kasalliklardan himoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1