AsosiyDunyo

Etti mamlakat BMTda ovoz berish huquqidan nega mahrum bo`ldi?

'Etti mamlakat BMTda ovoz berish huquqidan nega mahrum bo`ldi?'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a`zo etti mamlakat Bosh assambleyada ovoz berish huquqidan mahrum etildi, deyiladi «Lenta.ru» xabarida.

Sababi shuki, mazkur etti mamlakat BMTga a`zolik badalini to`lamagan.

Oxirgi ikki yilda tashkilotga a`zolik badalini to`lamay qarz bo`lib qolgan Livan, Venesuela, Markaziy Afrika Respublikasi, Gambiya, Lesoto, Tonga va Yaman vaqtincha ovoz berish huquqidan mahrum etildi. Ovoz berish huquqidan mahrum etish BMT ustavining 19-moddasida belgilab qo`yilgan.

2019 yili BMTga a`zo 193 mamlakatdan 146 tasi a`zolik badalini to`ladi, 47 mamlakat esa qarzlarini yopmagan. AQSh BMTdan 491 million dollar qarzdor.

Shuning barobarida, AQSh BMTning eng yirik donori sanaladi, u tashkilotga 2,6 mlrd. dollar kiritadi, bu umumiy byudjetning 22 foiziga teng.

Boshqa yangiliklar