Tarnsfer oynasi ochilgach , "Nasaf"ni birin-ketin 6 futbolchi tark etganidan xabardorsiz, deya jamoaning so`nggi yangiliklaridan xabar bermoqda championat.asia.
Bo`layotgan ishlardan havotirga tushgan jamoa ishqibozlari keyinchalik Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaevning qabulida bo`lib, "Nasaf" ni qo`llab -quvvatlashni so`rashgan edi.
Muxlislarning murojaatidan bir kun o`tib, viloyat hokimi "Nasaf" bosh murabbiyi va bosh homiy "Sho`rtan gaz kimyo majmuasi" rahbari bilan uchrashdi.
"Nasaf" fan klubi a`zosi Maqsud Suvonovning championat.asia saytiga ma`lum qilishicha viloyat hokimi Zoir Mirzaev ishqibozlarnig o`rinli murojaatini erda qoldirmagan. Saytimizning viloyatdagi muhbiri Nomoz Chorievning aytishicha, endilikda "Nasaf" o`z tarkibini shakllantirish maqsadida legioner futbolchilarni jamoaga taklif etishni boshlaydi. Ishonchli manbaaning xabariga ko`ra, ayni paytda "Nasaf" rahbariyati maydon markaziga, o`ng qanot hujumiga va himoya chizig`iga jami 4 nafar legioner futbolchilarni olib kelishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan legionerlar "Nasaf"ga Turkiyadagi yig`ininga jo`nab ketishidan avval kelib qo`shilishadi.
Eslatib o`tamiz, qarshiliklar 5 fevraldan 18 fevralgacha Turkiyada o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib borishadi.