AsosiySalomatlik

Namanganda bosh miyada ilk jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi

'Namanganda bosh miyada ilk jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi'ning rasmi

Namanganda bosh miya sohasida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti mahalliy mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqda "Xalq so`zi" xabar berdi.

Mazkur amaliyot respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali neyrojarrohlik bo`limida neyrojarroh Saydullo Sharifboevning tomonidan amalga oshirildi. Nafaqat muassasa, balki respublika jarrohligi tarixida ilk bor bosh miyada olib borilgan neyroendoskopik amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.

— Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqa tibbiyoti rivojlangan davlatlarga xizmat safarlari chog`ida ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib, jahonga tanilgan olimlarning bosh miya sohasida neyrojarrohlik amaliyotlari o`tkazish bo`yicha ma`ruzalaridan zamonaviy tibbiyotdagi murakkab neyrojarrohlik amaliyotlariga qiziqib qolgandim. Keyinchalik buni yurtimizda joriy etishga urinib ko`rish uchun izlanish olib bordik. Yaponiya elchixonasi e`lon qilgan grant bo`yicha loyiha tuzdik. Natijada filial uchun 110 ming AQSh dollari miqdorida grant mablag`i ajratildi. Bu mablag`ga Germaniyaning “Karl Shtors” kompaniyasidan “Neyroendoskop” apparati xarid qilindi. Bugun mamlakatimizda yagona hisoblangan mazkur takomillashgan va qimmatbaho uskunani ishga solib, birinchi amaliyotni o`tkazdik.

Texnologiyaning afzalligi shundaki, endoskop orqali inson bosh miyasida joylashgan o`smalar mini invaziv usulda olib tashlanadi. Birinchi jarrohlik amaliyotida burun va sfenoidal bo`shliq orqali kirilib, bemordagi gipofiz bezi o`smasi bartaraf etildi. 

Boshqa yangiliklar