Xitoy janubida dunyodagi eng katta va eng sezgir sferasimon radioteleskop FAST ishga tushirildi.
Teleskopning maydoni 30 ta futbol stadioni kattaligiga teng bo`lib, perimetri 1,6 kmni tashkil qiladi. Ob`ekt Guychjou provinsiyasining janubidagi tabiiy botiqlikda joylashgan.
Ayni vaqtda FAST dunyodagi eng yirik radioteleskop hisoblanadi. U koinotning rivojlanishi va evolyusiyasi bilan bog`liq jumboqlarni echish uchun qo`llanadi.
Teleskopning bosh muhandisi Szyan Penning ta`kidlashicha, FAST evaziga yaqin yillarda bir qator yirik ilmiy kashfiyotlar amalga oshiriladi.
FAST 2016 yilda qurib bitkazilgan. Uning qurilishi 5 yil davom etgan. Soniyasiga 38 Gbayt axborotni qabul qila oladigan teleskop 2 yil ichida 102 ta yangi pulsar yulduzni aniqlagan. Bu esa Evropa va AQShdagi tadqiqot guruhlari tomonidan shu davr ichida topilgan umumiy pulsarlar sonidan ko`proqni tashkil qiladi.
Ta`kidlanishicha, aperturasi 500 metr bo`lgan radioteleskopning qiymati 170 mln dollarni tashkil qilgan.