Xalq ta`limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlardagi maktablarda pedagog-xodimlar, xususan, umumta`lim maktablari o`qituvchilarining, ularning yaqin qarindoshlari pasport nusxalari talab qilinganayotgani sababini aytdi.
Ta`kidlanishicha, xalq ta`limi sohasida maktablari o`qituvchilarining ma`lumotlar bazasi, ya`ni shunga uyg`un holda ularning o`zi hamda yaqin qarindoshlarining pasport nusxalari shakllantirilmoqda. Ta`lim muassasalarida, o`qituvchilarning bunday ma`lumot bazasini jamlash ham, albatta, sohani elektron tizim bilan muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, ayni paytda sohada xodimlarning mehnat daftarchasini elektron bazaga kiritish bosqichiga kirishildi hamda bu jarayonlar davom ettirilmoqda.
O`qituvchilarning mehnat daftarchasini elektron bazaga kiritish va elektron shaklda yuritish esa o`z-o`zida faoliyatning takomillashuviga xizmat qiladi.
Qolaversa, bu jarayon Prezidentimizning 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosi bilan bog`liq bo`lib, mazkur qarorga ko`ra, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, yangi mehnat shartnomalari tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o`zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (“YaMMT”) IDAK majburiy ro`yxatdan o`tkazish tartibi joriy etildi.
Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan “Yagona milliy mehnat tizimi” “YaMMT” IDAKda ro`yxatdan o`tkazilishi shart.
Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida xalq ta`limi tizimi xodimlari tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” “YaMTT” IDAKga kiritish uchun hujjat va ma`lumotlarini jamlash taqazo etilmoqda.






