AsosiyMadaniyat

O`zbek filmi xalqaro festivalda g`olib bo`ldi

'O`zbek filmi xalqaro festivalda g`olib bo`ldi'ning rasmi

Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning "Alla" qisqa metrajli filmi Minskda o`tkazilgan "Ladoshka" xalqaro festivalida g`olib bo`ldi, deya xabar berdi "O`zbekkino" MA.

"Alla" filmi festivalning "Eng yaxshi qisqa metrajli film" nominasiyasida sovrinni qo`lga kiritdi.

Bundan avval "Alla"  qisqa metrajli filmi Qozog`istonning Almati shahrida bo`lib o`tadigan "Bastau" xalqaro kinofestivalida qatnashgan edi.

"Alla" qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan.  

Fotih Nasimov ayni paytda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti magistridir.

    Boshqa yangiliklar