AsosiyMadaniyat

“Shum bola”  xalqaro bolalar kinofestivali o`tkaziladi

'“Shum bola”  xalqaro bolalar kinofestivali o`tkaziladi'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining  Gyote  institutining O`zbekistondagi  filiali rahbariyati bilan hamkorlikda “Shum bola”  xalqaro bolalar kinofestivali o`tkaziladi.

Bugun "O`zbekkino" Milliy agentligi binosida  “O`zbekkino” Milliy agentligi  Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Gyote institutining O`zbekistondagi  filiali rahbari Yan Xelfer o`rtasida kinofestivalni tashkil etish yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ushbu kinofestival mamlakatimizda ettinchi marotaba o`tkazilmoqda. Tadbirdan ko`zlangan maqsad, o`zbek va nemis madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash va har yili an`anaviy tarzda bo`lib o`tadigan “Shum bola” xalqaro bolalar kinofestivalini munosib o`tkazishdir. 

    Boshqa yangiliklar