Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri doktor Solih Bentin taklifiga asosan “Haj–2020” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Jamoatchilik kengashi raisi Abdug`ofur Ahmedov va O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o`g`li Samarqandiy hazratlari boshchiligidagi delegasiya Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
20 yanvar kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o`g`li Samarqandiy hazratlari va delegasiya a`zolari Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vaziri o`rinbosari bilan Abdulfattoh bin Sulaymon uchrashuv o`tkazdilar.
Muloqotda “Haj – 2020” mavsumi yuzasidan imzolanishi lozim bo`lgan shartnoma shartlari o`zaro muhokama qilinib, ishchi guruhining yig`ilishi ham o`tkazildi. Ushbu uchrashuvda shartnomaning bandlari muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur uchrashuvda tomonlar haj mavsumini namunali, tartibli va eng yuqori darajada o`tkazish masalalarini kelishib olishdi.






