AsosiyJamiyat

Sho`rchidagi 250 nafar ishchining maoshi ijtimoiy tarmoqlarga qilingan murojaatdan keyin to`lab berildi

'Sho`rchidagi 250 nafar ishchining maoshi ijtimoiy tarmoqlarga qilingan murojaatdan keyin to`lab berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani paxta tozalash korxonasida 250 nafar ishchining bir necha oydan buyon ish haqini olmayotgani haqidagi video tarqaldi. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasining murojaatlar sayti (dmi.mehnat.uz)ga ham ayni muammo yuzasidan xabarlar kelib tushgan.

Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatni o`rgangan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ko`magi bilan paxta tozalash korxonasining 250 nafar ishchisiga mehnat haqi to`lab berildi.

 

    Boshqa yangiliklar