AsosiyDunyo

Shahzoda Garri oilasi bilan Buyuk Britaniyadan chiqib ketdi

'Shahzoda Garri oilasi bilan Buyuk Britaniyadan chiqib ketdi'ning rasmi

Shahzoda Garri 20 yanvar kuni kechasi rafiqasi Megan Markl va o`g`li Archi bilan birga Buyuk Britaniyani tark etdi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Nashr xabariga ko`ra, u mamlakatdan chiqib ketishni shu darajada xohlaganki, Bukingem saroyidagi qabul marosimida ishtirok etmagan. Holbuki, Garri qabul marosimi tashkilotchilaridan biri edi. Qirollik oilasi oldin uning istagini qabul qilishmagani va keyinchalik unga izn berish bo`yicha qaror qabul qilingani avval aytib o`tilgandi.

Yosh oila Kanadada yashashiga hech bir tarafda qarshilik yo`q, ammo ularning okeanortidagi hayoti qaysi mablag` hisobiga bo`lishi so`roq ostidagi masala bo`lib turibdi. 

Boshqa yangiliklar