Toshkentdagi Sergeli tumanida qurilayotgan ko`p qavatli uy-joylar sifatida haqida uzoq gapirish mumkin. Lekin mana bu tasvirlarni ko`rgan kishi bu haqda keragidan ortiq tasavvurga ega bo`ladi, deb yozadi "Qo`shni mahalla".
Kanalda havola etilgan video lavhada Sergelidagi 8-uchastka, 37-uyda qurilgan xonadonlardan birining «potologi»dan chelaklab suv oqayotgani aks etgan.
"Bu holatni kuzata turib, bu uylarni qaysi «professional» ustalar qurayotganiga hayron qolasan kishi. Ular bu erda ertaga odam yashashini hisobga olganmikan? Aslida bu uylarning nomi arzon, illo o`zi emas. Odamlar yillar davomida misqollab yiqqan pullariga bu uylarni xarid qilyapti-ku axir?!" deyiladi xabarda.
Bunday ahvoldagi uylar fuqarolarning hayotiga xavf tug`dirmaydimi? Bu holatdagi uylarni fuqarolarga foydalanishga topshirishda iste`molchilar huquqlari va kafolatlari haqidagi talablar buzilmaydimi? Xullas savollar ko`pu javoblar yo`q...
Qurilish vazirligi, Toshshahar qurilishinvest kompaniyasi va hokimlikdan ushbu masalada izoh kutamiz.






