AsosiyJamiyat

O`zbekiston Musulmonlar idorasi Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi

'O`zbekiston Musulmonlar idorasi Tomskdagi yong`inda halok bo`lgan hamyurtlarimizning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Musulmonlar idorasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumanidagi yog`och uyda yuz bergan yong`in oqibatida halok bo`lgan 10 nafar fuqarolarimizning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qildi.

Halol mehnat qilib, ahli oila nafaqasi yo`lida halok bo`lgan ushbu yigitlarimizning oxiratlari obod bo`lishini Haq taolodan so`raymiz.

Ushbu fojiada halok bo`lganlarning haqlariga duolar qilish, mag`firat so`rash va yaqinlariga tasalli berish insoniy burchimizdir. Inson qachon, qaerda va qanday holatda vafot etishini bilmaydi. Dinimizda biror fojia bilan vafot etgan mo`minning darajasi yuqori bo`lishi aytilgan. Hazrati Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislarining birida kishi suvga g`arq bo`lib, o`tda kuyib, tom ostida qolib vafot etsa, shahidlik maqomini topishi ta`kidlangan.

Mazkur yong`inda vafot etgan yurtdoshlarmizning haqlariga duo qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o`zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag`firat etishini iltijo qilib so`raymiz.

Halok bo`lganlarning ahli baytiga Alloh taoloning qazoi qadarini rozilik ila qarshi olgan chinakam mo`minlarning maqomini so`raymiz, haqlariga duo qilib, samimiy hamdardlik bildiramiz. Parvardigorimiz qurbonlarni O`zining rahmati va mag`firatiga burkasin, ortlarida qolgan ahli bayti va farzandlariga sabru jamil bersin!

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog`ochdan qurilgan 1/3-uyda yong`in sodir bo`lgan edi. 

Natijada, ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O`zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo`lgan edilar.

FVV halok bo`lgan hamyurtlarimizning shaxsiga aniqlik kiritdi.

    Boshqa yangiliklar