AsosiyJamiyat

"Lasetti"sini sohta hujjat bilan tanirovka qilib olgan haydovchi qo`lga tushdi

'"Lasetti"sini sohta hujjat bilan tanirovka qilib olgan haydovchi qo`lga tushdi'ning rasmi

2019 yil 29 dekabr kuni Samarqand shahar Rudakiy ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori, katta serjant A.Rofeev haydovchi X.N. boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” avtotransportini to`xtatadi. Uning hujjatlari ko`zdan kechirilganda, avtotransport vositasining oynalarini tusini o`zgartirishga ruxsat beruvchi ruxsatnoma sohtaligiga shubha uyg`otgan. Bu haqda Samarqand IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida ruxsatnoma “Nexia-3” rusumli davlat raqam belgisi 30 341 VVA bo`lgan avtomashinaga berilgan bo`lib, haydovchi X.N. ushbu ruxsatnomani nusxa ko`chirish yo`li bilan sohtalashtirganligiga iqror bo`lgan.

Haydovchining harakatlarida Jinoyat kodeksining 228-moddasida ko`rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilishlik uchun  Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB tergov bo`limiga yuborilgan. 

Hozirda  holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar