AsosiyJamiyat

"Qo`yliq" bozoriga insonni yuzidan tanib oluvchi kameralar o`rnatildi

'"Qo`yliq" bozoriga insonni yuzidan tanib oluvchi kameralar o`rnatildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi “Qo`yliq” bozori hududida 210 ta IP kamera va kirish va chiqishda 3 ta insonni yuzidan tanib oluvchi intellektual kameralar o`rnatildi. Bu haqda poytaxtning Bektemir tumanida Toshkent shahar IIBB boshlig`ining birinchi o`rinbosari U.Tursunov ishtirokida o`tgan yig`ilishda aytib o`tilgan.

Yig`ilishda bozor hududida avtomobillar to`xtash joyini tashkil qilish haqida taklif berilgan, savdo rastalarida ishlovchilar va xaridorlar uchun muhim e`lonlarni uzatib turish uchun radiouzel hamda jamoatchilik nazorati maskani tashkil etilganiga urg`u berildi.

Yig`ilishda yana bozor xodimlari uchun maxsus uniforma joriy etish, pichoq sotiladigan rastalarda qulflanadigan oynavand rastalar barpo etish takliflari berilgan. Bundan tashqari, umumiy ovqatlanish joylari va dorixonalarda alkogolli va tarkibida spirt bo`lgan mahsulotlarni sotish ustidan nazoratni kuchaytirish ham nazarda tutildi. Bozor hududida va unga yondosh hududlarda alkogolni quyib sotishni taqiqlash hamda bozorda yurish-turish qoidalari bayon etilgan maxsus bukletlar tayyorlash va tarqatish, shuningdek bozor hududida bannerlar o`rnatish kabi takliflar berilgan.

    Boshqa yangiliklar