Bugun, 22 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent shahrida ilm-fan, adabiyot, ijod, jurnalistika, blogerlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan bir guruh qashqadaryoliklar bilan uchrashadi.
Viloyat matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga ma`lum qilishicha, hokim bilan uchrashuv soat 15.50 da poytaxtning Bobur istirohat bog`i yonidagi Tojmahal to`yxonasida bo`lib o`tadi.
Toshkentda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan barcha qashqadaryoliklar tashrif buyurishlari mumkin.