AsosiyJamiyat

Farg`onada nogiron va pensionerlar rasm tushish uchun nega “pasport stol”iga ko`tarib olib kelinmoqda?

'Farg`onada nogiron va pensionerlar rasm tushish uchun nega “pasport stol”iga ko`tarib olib kelinmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Farg`onada rasmga tushish uchun nogiron va pensionerlar “pasport stol”ga ko`tarib olib kelinmoqda” nomli suratlar ilova qilingan maqola e`lon qilindi. 

Ushbu holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan raddiya berildi.

Unga ko`ra, Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati murojaat muallifiga shuni ma`lum qiladiki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining horijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to`g`risida»gi 2017 yil 16 avgustdagi  Farmoni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarosining horijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O`zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizasiya qilishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Qarori talablariga ko`ra, 2019 yiling 1 yanvar kunidan O`zbekiston Respublikasida fuqarolarga horijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berish tizimi joriy etildi.

Shu kundan boshlab, eski na`munadagi nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati tugatildi. Mazkur qaror va uning ijrosini ta`minlash, fuqarolarni belgilangan muddatlara yangi na`munadagi biometrik pasportlarini rasmiylashtirib olishlari lozimligi yuzasidan viloyat IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning bo`limlari tomonidan tushuntirish, targ`ibot ishlari va maxsus videoroliklar OAVlarda e`lon qilindi.

Viloyat hududidagi salomatligi va jismoniy harakatida nuqsoni bo`lgan fuqarolarga ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, ko`chma biorasmga olish texnikasi yordamida yangi namunadagi pasportlarni rasmiylashtirish uchun xonadonlarga borildi. Ana shunday ko`chma uskunadan viloyat IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ixtiyorida 1 dona bo`lib, bu yuqoridagi kabi salomatligi va jismoniy harakatida nuqsoni bo`lgan fuqarolarga xizmat ko`rsatish uchun etarli emas. Shu sababli, murojaatda keltirilgan holat vujudga kelgan. Lekin migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va bo`limlariga olib kelinayotgan fuqarolar shifokor nazoratida, oila-azolarining roziligi bilan amalga oshirilmoqda. 

Yana bir masala shundaki, agarda ushbu fuqarolar yangi namunadagi biometrik pasportlarga ega bo`lishmasa, kelgusida turli notarial harakatlarni amalga oshirishlarida, pensiya va nafaqa pullarni olishlarida, muammolar vujudga kelishi inobatga olinib, yordam ko`rsatilmoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.  

                   

    Boshqa yangiliklar