Samarqand viloyati FVB xodimlari uch yoshli bolakayning hayotini saqlab qolgan fuqaroga minnatdorlik bildirdi.
Kuni kecha Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi Jo`rabek Ziyodovning jasorati to`g`risida internet resurslarida xabar tarqalgan edi. U nafaqat kanalda oqib ketayotgan uch yoshli bolani suvdan olib chiqqan, balki o`z vaqtida birinchi yordamni ko`rsatish orqali uning hayotini saqlab qolgan.
O`z jonini xatarga qo`yib, qahramonlik ko`rsatgan Jo`rabek Ziyodovning qahramonona xatti-harakatlari Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan alohida e`tirof etilib, esdalik sovg`alar va faxriy yorliq topshirildi.






