Raqamli texnologiyalar o`quv markazining Navoiy shahar filialida ilk bor «Al-Xorazmiy avlodlari» nomli kompyuter texnologiyalari va internet savodxonligi bo`yicha yoshlar o`rtasida tanlov o`tkazildi, deb xabar berdi AKT vazirligi axborot xizmati.
Veb-dizayn asoslari, Kibersport va Robotexnika yo`nalishida o`tkazilgan tanlovda eng kuchlilar aniqlandi.
Tanlov ishtirokchilariga kompyuter grafikasi asoslari, operasion tizimlar va ofis ilovalarida ishlash ko`nikmalarini shakllantirish, kompyuter va internet tarmog`idan samarali foydalanish va axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari borasida mutaxassislar tomonidan master klasslar o`tkazildi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo`nalishi – aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni keng joriy etish va ommalashtirish borasida ishlar jadal sur`atlarda olib borilmoqda. Hozirgi kungacha Respublika bo`ylab 22 ta Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari faoliyat olib bormoqda.